Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tunda Toshkent yaqinidagi AYoQShda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Tunda Toshkent yaqinidagi AYoQShda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Foto: FVV yong‘in xavfsizligi

Tunda Toshkent yaqinidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.

30-iyundan 1-iyulga o‘tar kechasi, soat 00:45da 101 raqamiga yong‘in bo‘layotgani haqida ma’lumot kelib tushadi. Yong‘in Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, 7 manzilida joylashgan AYoQShda («Obod Kapital» MChJ) yuzaga kelgan edi.

FVV yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 12 ta harbiy bo‘linmasi soat 00:54da yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan. Xodimlarning tezkor harakatlari natijasida 01:24da olov qurshab olindi va 01:46da to‘liq o‘chirildi.

Bir kishi jabrlangan — shoxobchada ishlaydigan 34 yoshli Sanjar K. kuyish jarohatlarini olgan va kasalxonaga olib borilgan. Yong‘in natijasida «Chinobod» neft bazasiga tegishli «MAZ» rusumli benzin tashuvchi yuk avtomobili va «Matiz» rusumli yengil avtomobil yonib ketgan. Shuningdek shoxobchaning operatorlar xonasi tomining 40 kv.m joyi yongan.

O‘t o‘chiruvchilarning harakatlari natijasida 50 tonna yoqilg‘i va AYoQShning 150 kv.m hududi olovdan saqlab qolindi. Dastlabki tahminlarga ko‘ra neft mahsulotlarini avtotsisternadan AYoQSh rezervuarlariga qabul qilib olishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani yong‘inga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring