Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochiladi

Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochiladi

Foto: «Xabar.uz»

«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochishni rejalashtirmoqda.

Xabar.uz muxbiri tomonidan xabar qilinishicha, «UzAuto Motors» rahbariyati ushbu do‘konning saytini ochishni ham va’da qilgan. Unga ko‘ra mijozlarda kerakli ehtiyot qismning mavjudligi va narhi bilan tanishib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Do‘kon bir oydan so‘ng ochilishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, kecha «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining nomi «UzAuto Motors»ga o‘zgartirilgani rasman ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring