Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tonirovka»si borlarga eslatma berildi

«Tonirovka»si borlarga eslatma berildi

Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma muddatini uzaytirish esingizdan chiqmasin.

O‘tgan yilning 1 iyulidan arzonlashtirilgan «tonirovka» uchun ruxsatnomani my.gov.uz orqali hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish boshlangandi.

O‘sha vaqtda rasmiylashtirilgan ruxsatnomalarning amal qilish muddati hozirda yakuniga yetmoqda. «Tonirovka»ga ruxsatnoma muddatini my.gov.uz orqali o‘z vaqtida uzaytirishni unutmang, deyiladi Yagona portal xabarida.

Shuningdek, ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlarni firibgarlar qo‘liga topshirib qo‘ymaslik, uni onlayn rasmiylashtirish haqida ham eslatib o‘tilgan. Qolaversa, onlayn rasmiylashtirishda 10 foizlik chegirma ham bor.

«Aslida bu siz o‘ylagandan oson, qulay va ishonchli!», deya videoqo‘llanma taqdim etilgan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring