Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda «inomarka»lar jarima maydoniga ravona bo‘lmoqda

Poytaxtda «inomarka»lar jarima maydoniga ravona bo‘lmoqda

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar va tuman bo‘limlari soliq va bank idoralari, YHXB hamda boshqa tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan davlat foydasiga qarzdorliklarning undirilishi yuzasidan tadbir o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, tadbirlarda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lsada, soliq yoki bank va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida qasddan to‘lamasdan kelayotgan qarzdorlar mavjudligi aniqlangan.

Jumladan, Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan qarzdor S.A. Med Holding korxonasining soliqdan 1 mlrd. 800 ming so‘m qarzdorligi yuzasidan «Chevrolet Traverse» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, Byuroning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan Eko Story Beton korxonasining soliqdan 63 mln.so‘m qarzdorligi evaziga «Toyota Nighlander» avtotransporti xatlanib, ushbu transport vositasi ham jarima maydonchasiga yo‘l oldi.

Bundan tashqari, nafaqat soliq qarzdorligiga ega, balki yo‘l harakati qoidalariga ham amal qilmasdan, bir necha bor qoidalarni buzgan holda jarimalarni to‘lashni unutib yurgan va «inomarka» transport vositalariga ega qarzdorlar ham o‘z ulovlarini jarima maydoniga kuzatib qolmoqdalar.

Jumladan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman DSI qaroriga asosan qarzdor S.V.dan 5.000.000 so‘m soliq qarzdorligi hamda Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan davlat foydasiga 32 ta jarima, ya’ni 21.750.000 so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorga tegishli Nissan rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta’minlangan.

Ushbu tadbirlar hozirda davom ettirilmoqda, jarima maydonchalari esa inomarka avtotransport vositalariga to‘lib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring