Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga 11 oyda qancha «inomarka» olib kirilgani ochiqlandi

O‘zbekistonga 11 oyda qancha «inomarka» olib kirilgani ochiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Yengil avtomobillar importi 4371 taga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 702,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27 526 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4371 taga oshgan.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston 33 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

O‘zbekistonliklar o‘tgan 11 oyda elektromobillar importiga 61,3 mln. AQSh dollari sarflagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring