Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili onlayn auksionlarda 246,6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan yili onlayn auksionlarda 246,6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan yilda birja orqali 100 mingdan ortiq avtomobil raqami sotildi. Bitta raqamning o‘rtacha bahosi — 2,4 million so‘mni tashkil etadi. 

Bu haqda AOKAda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

O‘tgan yil davomida avtoraqam.uzex.uz veb-saytida shaffof onlayn-auksioni orqali 246,6 mlrd so‘mga teng 100 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotildi.

Avtoraqamlar sotuvi son ko‘rsatkichida 2,7 barobarga, qiymat bo‘yicha 58 foizga oshgan. Bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,4 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring