Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Neksiya» xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urildi

«Neksiya» xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urildi

Kecha, 2020 yil 4 yanvar kuni soat 00:30 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan M-41 «Bishkek-Dushanbe-Termiz» avtomobil yo‘lining 1588-km.da YTH bo‘lib o‘tdi.

Haydovchi — Denov tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan M.O. «Neksiya» rusumli avtomobilda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilgan. Natijada haydovchi M.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan va yo‘lovchisi Denov tumanida yashagan, 1972 yilda tug‘ilgan N.A. kasalxonada vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmaganligi va yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Hurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarish davomida belgilangan tezlik talablariga rioya etishni unutmang, bu belgilangan manzilga xavfsiz yetib olish garovidir.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring