Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunlar isidi va... avtomashinalar yona boshladi

Kunlar isidi va... avtomashinalar yona boshladi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentda bugunning o‘zida ikkita mashina yonib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda «Mercedes-Benz» avtomobili yongani haqida fotoxabarlar tarqaldi.

So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 11-uy oldida «Gazel» rusumli yuk tashish avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar qildi.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Nukusda Matiz mashinasi oldi faralari erib ketib (kunduzi yoqib yurgani uchun bo‘lsa kerak), mashina alanga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 29-may kuni Samarqand viloyatida «Isuzu» rusumli avtobus yonib ketgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring