Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» «Cobalt» uchun e’lon qilgan aksiya muddatini uzaytirdi

«GM Uzbekistan» «Cobalt» uchun e’lon qilgan aksiya muddatini uzaytirdi

«GM Uzbekistan» AJ 20 dekabrda boshlangan «Cobalt» LS M/T (1-pozitsiya) avtomobilini xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus Yangi yil aksiyasini 30 dekabrgacha uzaytirilganligini ma’lum qildi. Mazkur «Yangi yil aksiyasi» respublikamizning barcha avtosalonlarida o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, dilerlik korxonalari dam olish kunlari ham ishlaydi.

Aksiya davomida ushbu avtomobil uchun 100% to‘lov amalga oshirgan har bir xaridor 4 000 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ladi. Respublikamizdagi dilerlik korxonalari hamda shartnomalar tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan «GM Uzbekistan»ning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring