Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubaydagi superkarlarning ulkan «axlatxonasi» namoyish etildi (Video)

Dubaydagi superkarlarning ulkan «axlatxonasi» namoyish etildi (Video)

Foto: «Carsweek.ru»

«Supercar Blondie» blogeri buzilgan va tashlab ketilgan minglab avtomobillar saqlanayotgan Dubaydagi ulkan avtoturargohni videoga oldi.

Maydonchada turli ishlab chiqaruvchilarga qarashli mashinalar bor — ommaviy va budjet variantlaridan lyuks superkarlargacha. Ular u yerda turli sabablarga ko‘ra saqlanmoqda. Keyinchalik hammasi auksionda sotuvga qo‘yiladi. Ko‘pgina mashinalar jiddiy shikastlangan, biroq ideal holatdagi avtomobillarni ham topsa bo‘ladi: egalari mamlakatdan qochib ketgan bo‘lsa, ajab emas.

Bloger Ferrari, Lamborghini, Maserati kabi superkarlarga, Mercedes va BMW kabi dabdabali sedanlarga, shuningdek, Rolls Royce kupesiga e’tibor bergan. Ulardan tashqari, kadrlarda lyuks nemis yo‘ltanlamasi va Tesla elektromobillarini ham ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring