Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda IIB xodimiga pora berishga uringan shaxs javobgarlikka tortildi

Buxoroda IIB xodimiga pora berishga uringan shaxs javobgarlikka tortildi

Buxoro viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor A.F.ga «Obid» ismli shaxs pora berishga urindi. U «haydovchilik guvohnomasi» olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarda ikki nafar tanishlariga yordam berish evaziga 200 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Safdor A.F.ning bu haqdagi bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2019 yil 25 dekabr kuni soat 10.30da «Obid» ismli shaxs viloyat IIB YHXB binosi yon tomonida joylashgan avtosalon oldida qo‘lga olingan.

U o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli avtomashina salonida safdor A.F.ga 1.800.000 so‘m pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Tekshiruv davomida, «Obid» ismli shaxs Romitan tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro S.O ekani, uning akasi S.R 2019 yil sentyabr oyining o‘rtalarida fuqarolar H.Sh va Sh.H.lar unga «Haydovchilik guvohnomasi»ni olish uchun bo‘ladigan imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 1.200.000 so‘mdan jami 2.400.000 so‘m pul bergani aniqlangan. S.R ushbu pullardan 400.000 so‘mini o‘zida saqlab, qolgan 2.000.000 so‘mini ukasi S.O.ga bergan, u esa o‘z navbatida 2019 yil dekabr oyining o‘rtalarida akasi S.Rdan olgan 2.000.000 so‘m pullardan 200.000 so‘mini o‘zida saqlab, qolgan 1.800.000 so‘mini safdor A.F.ga berishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan H.Sh va Sh.H.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 28,211-moddasi 1-qismi bilan, S.R.ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan, shuningdek, S.O.ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 25,28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring