Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bulung‘urda avtobus va «Neksiya» to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Bulung‘urda avtobus va «Neksiya» to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Kecha, 18 fevral kuni soat 06:40 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli avtobus hamda ushbu yo‘nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etishgan.

Yo‘lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni, transport vositasini ob-havo sharoitini hisobga olgan holda boshqarishingizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring