Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobilda yurish uchun maxsus ruxsatnoma olishga qanday hujjatlar kerak?

Avtomobilda yurish uchun maxsus ruxsatnoma olishga qanday hujjatlar kerak?

Foto: YHXBB

Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillar harakati cheklanishi va maxsus ruxsatnoma bilan harakatlanish haqida xabar berilgan edi. Maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.

DXM tomonidan maxsus ruxsatnoma olish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘lishi ma’lum qilindi.

Hozircha ruxsatnomani olish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

— fuqarolik pasporti;

— avtomototransport texnik pasporti;

— Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun – tegishli tuman hokimligining xati;

— tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

— litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya;

— ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;

— xodimning mehnat daftarchasi yoki lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq.

«Hozirda karantin e’lon qilinganligiga qaramasdan, Davlat xizmatlari markazlariga juda ko‘p fuqarolar kelayotganligini inobatga olgan holda, Markazlar faqat Sizlarning hujjatlaringizni qabul qilish bilan cheklanadi. Shu sababli to‘g‘ri tushungan holda, hujjatlaringizni Davlat xizmatlari markazlari xodimlariga topshirib ketishingiz so‘raladi.

RUXSATNOMA faqat, «Davlat belgisi» DIChB tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomalar blanklari tayyorlanganidan so‘nggina, belgilangan tartib bo‘yicha beriladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari Sizlarni telefon orqali xabardor qiladilar.

Bularning barchasi karantin davrida Markazlarimizda fuqarolar yig‘ilishining oldini olish va tavsiya etilayotgan masofani saqlash maqsadida talab etilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘chalarda harakatlanish maqsadida avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomani uchun Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishdan oldin qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilishi lozim. Telefon raqamlari bilan ushbu xabarda tanishib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring