Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-avgustdan bo‘ladigan o‘zgarishlar – YHXBB

1-avgustdan bo‘ladigan o‘zgarishlar – YHXBB

Joriy yil 1-avgustidan boshlab, prezident farmoniga asosan elektron hukumatni rivojlantirish doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda to‘lash imkoniyati taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga ko‘ra:

a) xizmat avtotransport vositalari:

  • respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;
  • respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlarda hamda ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi;

b) respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • autsorsing shartlari asosida avtotransport vositalarini jalb etish tashkilotning har 100 nafar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimiga 1 ta avtotransport vositasi hisobida navbatchi xizmat avtotransport vositasi uchun belgilangan yo‘l bosish yillik limitidan oshmasligi lozim;
  • autsorsing shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari xizmatlaridan respublika davlat boshqaruvi organlarida foydalanish ushbu organ rahbari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 271-son qaroriga ko‘ra, o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlarni YaIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring