Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘qotilgan yillar» prezidenti korrupsiyadagi ayblovni inkor etmoqda

«Yo‘qotilgan yillar» prezidenti korrupsiyadagi ayblovni inkor etmoqda

Foto: «The Citizen»

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning sobiq prezidenti Jeykob Zuma tergovga javobida o‘ziga qarshi qo‘zg‘atilgan korrupsiya bo‘yicha ayblovlar uni siyosiy sahnadan olib tashlashga qaratilgan «fitna» ekanini bildirdi. Bu haqda «VVS Africa» xabar berdi.

Kecha, 15-iyul kuni Zuma ilk marotaba sudda ko‘rinish berdi — u prezidentlik davrida korrupsiya tarmog‘ini boshqarganlikda ayblanmoqda.

Zuma sud binosiga kirib ketaverishda tarafdorlari tomonidan olqishlangan.

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli Jeykob Zuma 2018-yilning fevral oyida JAR prezidentligidan iste’foga ketishga majbur etilgandi. O‘shanda uning o‘rnini Janubiy Afrikada korrupsiyaga qarshi kurashishga va’da bergan o‘rinbosari Sirill Ramafosa egallagandi. Ramafosa Zuma prezidentlik qilgan 9 yilni «yo‘qotilgan yillar» deb ta’rifladi.


Mavzuga oid: JAR hukmron partiyasi faollari mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib chiqdi


Zumaga qarshi ayblovlar uning mashmashali Guptalar oilasi bilan aloqalariga borib taqaladi. Guptalar vazirlar mahkamasidagi tayinlovlarga ta’sir o‘tkazish, turli aloqalari orqasidan davlat tenderlarini yutib olishda ayblangandi. Qolaversa, Zuma Vatsonlar oilasiga qarashli «Bosasa» logistika kompaniyasidan pora olganlikda ham gumon qilinyapti. Ammo ayblovlarni hech bir tomon bo‘yniga olgani yo‘q.

«Meni xuddi korrupsiyachilar qirolidek ayblashyapti», — dedi Zuma sudya Rey Zondo o‘tkazga surishtiruv davomida.

«Men hech qachon ular bilan noqonuniy ish qilmaganman. Ular boshqalar uchun qanday bo‘lsa, men uchun ham shunday do‘stlar edi», — dedi Zuma Guptalar oilasi haqida gapirarkan. U Guptalar, shuningdek, sobiq prezidentlar Nelson Mandela va Tabo Mbekilar bilan ham do‘st bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Jeykob Zuma o‘ziga qarshi fitna o‘nlab yillar davomida pishitib kelinganiga urg‘u berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring