Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomg‘ir Fransiyada ham yomg‘ir. Notr Damga kuchli jala xavf solmoqda

Yomg‘ir Fransiyada ham yomg‘ir. Notr Damga kuchli jala xavf solmoqda

Foto: «Reuters»

Notr Dam cherkovining yarim yongan tomi kuchli yomg‘irga dosh bera olmay, qulab tushishi mumkin. Ayni vaqtda Fransiya poytaxtida juda kuchli yomg‘irlar yog‘ib turibdi.

Arxitektorlar cherkovni yana-da vayron bo‘lishdan saqlashga chaqirdilar. Fransiya tarixiy binolar bosh arxitektori Filipp Vilnyov darhol Notr Dam ustida ulkan brezent ayvon o‘rnatishga chaqirdi.

Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra 25 aprelda Parijda kuchli jala yog‘ishi kutilmoqda. Bu yomg‘ir binoga katta xavf tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, Notr Dam cherkovi 15 aprel kuni shomga yaqin yonib ketgan edi. Olov kuchli bo‘lgani uchun faqat ertasi kuni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron soborni qayta tiklashga 5 yil ketishini aytgan edi. Ammo mutaxassislar 10 yil muddat lozim bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring