Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lovchilarni eng yaxshi ovqatlantiradigan aviakompaniyalar reytingi e’lon qilindi

Yo‘lovchilarni eng yaxshi ovqatlantiradigan aviakompaniyalar reytingi e’lon qilindi

Foto: «Sfera.fm»

«OneTwoTrip» sayohatlarni rejalashtirish onlayn-servisi o‘z samolyotlari bortida yo‘lovchilarga eng xilma-xil taomlar taklif etayotgan aviakompaniyalar reytingini tuzdi, deb xabar bermoqda «Life».

Ctandart menyudan tashqari taklif etilgan har bir menyu uchun aviatashuvchiga 1 balldan baho berildi. Shu tariqa jahondagi 111 ta aviakompaniyaning taomnomalari o‘zaro solishtirildi va eng yaxshilari aniqlandi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) maxsus menyuning 27 variantini ko‘zda tutadi: bolalar, vegetarianlar uchun, parhez taomlar, laktozasiz, kosher (yahudiylar uchun), osiyocha va hokazo. Turgan gapki, aviatashuvchi to‘plashi mumkin bo‘lgan eng yuqori ball ham 27 ga teng.

«Singapore Airlines» reytingning yaqqol yetakchisi bo‘ldi. Singapurliklar o‘z samolyotlarida yo‘lovchilarga 26 xil maxsus menyuni taklif etishmoqda va 26 ball to‘plashdi.

Ikkinchi o‘rinda — Ozarbayjoning bir ball kam to‘plagan «AZAL» aviakompaniyasi.

TOP-10

  1. «Singapore Airlines» — 26 ball
  2. «AZAL» — 25 ball
  3. «JAL» — 23 ball
  4. «Air Serbia» — 23 ball
  5. «China Southern Airlines» — 22 ball
  6. «Korean Air» — 22 ball
  7. «Air China» — 20 ball
  8. «Hainan Airlines» — 20 ball
  9. «Hong Kong Airlines» — 20 ball
  10. «Aegean» — 20 ball.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring