Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi to‘fonda halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi

Yaponiyadagi to‘fonda halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi

Foto: Deng Min/Xinhua

Yaponiyada «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 39 kishiga yetdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 17 nafar fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Tabiiy ofat qurbonlari soni tinmay oshmoqda, qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini topishmoqda. Bugun «Svobodnaya pressa» tarqatgan xabarga ko‘ra, 189 nafar inson to‘fon oqibatida jarohat olgan.

Qariyb 136 mingta uyga ichimlik suvi, 4 mingta uyga elektr uzatilishi hanuz tiklangan emas. Yaponiyaning to‘fondan zarar ko‘rgan hududlarida avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring