Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Yaponiyada «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Foto: Mark Avery / ZUMA / TASS

Yaponiyada «Xagibis» to‘fonidan 19 kishi qurbon bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

To‘fondan jabr ko‘rganlar soni 150 nafarga yaqinlashgan.

«Xagibis» to‘foni kecha, shanba kuni Yaponiyaning eng yirik — Xonsyu oroliga Idzu yarimoroli tomonidan yopirib kirgan. To‘fon markazidagi bosim 945 gektopaskalni tashkil etib, shamolning tezligi soniyasiga 45 metrdan 65 metrgacha chiqqan.

Poytaxt Tokioda shamol tezligi 41,5 metr/soniyaga chiqqan. Bunday kuchli shamol daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan tashqari, yuk mashinasini ag‘darib tashlay oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring