Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada qiymati 1,8 mln dollarga teng brilliant o‘g‘irlandi

Yaponiyada qiymati 1,8 mln dollarga teng brilliant o‘g‘irlandi

Foto: «Ren.tv»

Bozor qiymati 200 mln iyena ($1,8 mln) ga baholangan 50 qirotlik brilliant 24-oktyabr kuni Yaponiyada o‘g‘irlandi, deb xabar berdi «Regnum» portali «Kyodo» agentligiga tayanib.

Qimmatbaho tosh Iokogama shahrida «Pasifiko Iokogama» savdo markazida zargarlik ekspozitsiyasida namoyish etilgandi. O‘g‘rilikni 24-oktyabr kuni oqshom ekspozitsiya yopilishidan oldin markaz xodimi payqab qolgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, o‘g‘irlik jarayoni qayd etilmagan, o‘g‘rilar noma’lum. Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, o‘g‘rilarning bu darajada tez va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlariga qaraganda markaz xodimlari orasida ularning sheriklari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring