Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Yaponiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Tokioda va Yaponiyaning boshqa shaharlarida koronavirusning yangi holatlari tez suratlar bilan ko‘payib bormoqda. Shu bois, bugun, dushanba kuni bosh vazir Shinzo Abe mamlakatning eng katta aholi punktlarini o‘z ichiga olgan yetti prefekturada favqulodda holat e’lon qilishini aytdi. Bu haqda «New York Times» rasmiy Tokioga asoslanib xabar bergan.

Bosh vazir qiymati $1 trillion dollarga teng iqtisodiy rag‘batlantiruvchi paketni ham e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat 240 milliard dollarlik soliq va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini to‘xtatib turadi va daromadlari pandemiyadan aziyat chekkan uy xo‘jaliklariga taxminan 55 milliard dollar yordam ko‘rsatadi.

Favqulodda holat qamrab olinadigan yetti prefekturalarni Chiba, Fukuoka, Xyogo, Kanagava, Osaka, Saitama va Tokio ekanligi ma’lum qilindi.

Favqulodda holat bir oy davom etadi.

Bosh vazirga ko‘ra, yapon jamoat transportlari harakatini davom ettiradi. Bozor va supermarketlar yopilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring