Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya samolyoti Rossiya samolyotiga qarshi turish uchun havoga ko‘tarildi

Yaponiya samolyoti Rossiya samolyotiga qarshi turish uchun havoga ko‘tarildi

Foto: «Mod.go.jp»

Yaponiya harbiy havo kuchlariga qarashli samolyot Rossiyaning Il-38 patrul samolyotini tutish uchun havoga ko‘tarildi. Rossiya samolyoti Yaponiya chegaralariga yaqinlashgani bois ushbu tadbir ko‘rilgan.

Yaponiya mudofaa vazirligi tomonidan berilgan dokladda xudud kartasi ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra Il-38 Yaponiyaning janubiy xududlarida, Koreya yarim oroli yaqinida chegarani buzmasdan harakat qilganini ko‘rish mumkin. Yaponlar shuningdek samolyot fotosini ham dalil sifatida namoyish etishdi.

Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan xabar qilinishicha, patrul samolyot reja asosida Yaponiya dengizi ustidagi neytral xududda harakat qilgan. Yo‘nalishning alohida qismida Il-38ni Koreya Respublikasining F-16 va Yaponiyaning F-15 samolyotlari kuzatib borgan.

Rossiya tomoni parvoz havodan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring