Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya 60 yildan so‘ng takrorlanayotgan ulkan to‘fonga tayyorlanyapti

Yaponiya 60 yildan so‘ng takrorlanayotgan ulkan to‘fonga tayyorlanyapti

Foto: «Ukrinform»

Yaponiyaga «Xagibis» to‘foni yaqinlashyapti. Meteorologlar uning kuchini 61 yil avval 1,2 ming kishining umriga nuqta qo‘ygan «Ida» to‘foniga tenglashtirishdi.

To‘fon bugun, 11 oktyabrda, kechga yaqin Tokai hududiga yetib kelishi aytilgan. Bir sutkadan so‘ng «Xagibis» shimoli-sharqqa, Toxokuga yo‘nalish oladi. To‘fon o‘zi bilan kuchli shamol va yomg‘irni boshlab keladi. Ko‘chki, suv toshqinlari, qattiq shamol xavfi bor.

NHK telekanali ma’lumotiga ko‘ra, yaponlar suv, oziq-ovqat va boshqa eng muhim narsalarni g‘amlashga tushgan. Bosh vazir Sindzo Abe hukumat va hudud ma’muriyatlarini aholi xavfsizligini ta’minlash uchun tadorikni ko‘rib qo‘yishga chaqirgan.

Yaponiyadagi ko‘plab katta tadbirlar, xususan, Suzukedagi «Formula-1» musobaqalari boshqa paytga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring