Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Zelandiya milliy bog‘ida g‘oyib bo‘lgan yigit bilan qiz 19 kundan so‘ng topildi

Yangi Zelandiya milliy bog‘ida g‘oyib bo‘lgan yigit bilan qiz 19 kundan so‘ng topildi

Foto: «CC0/Public domain/»

Yangi Zelandiyaning Kaxurangi milliy bog‘iga safar chog‘ida yo‘qolib qolgan yoshlar 19 kundan so‘ng tirik topildi, deb yozadi mahalliy «New Zealand Herald» gazetasi.

Xabarga ko‘ra, 23 yoshli Jessika O‘Konnor va Dion Reynolds 9-may kuni safarga otlanishgan, biroq belgilangan vaqtda qaytib kelishmagan. Qutqaruv xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yoshlar adashib qolishgan, tuman tufayli yiqilib tushishgan va jarohatlanishgan. Bir necha kun ovqatsiz qolishgan.

Yigit bilan qizni izlab topish uchun qariyb 50 dan ortiq kishi, jumladan, politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va ko‘ngillilar jalb etildi. Shuningdek, operatsiyada dronlar va qidiruv itlari ham qatnashdi. Vertolyotda ketayotgan qutqaruvchilar gulxandan taralayotgan tutunni payqab qolgachgina ularni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Yigit bilan qiz vertolyot orqali shifoxonaga yetkazildi. Tekshiruvlardan so‘ng uylariga ketishga ruxsat berildi.

«Garchi xavotir kundan-kunga ko‘payib borgan bo‘lsa-da, bu hammamiz umid qilgan mo‘’jizaviy natija bo‘ldi», — dedi mahalliy politsiya vakili Pol Borrell.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring