Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakubovich ta’tildan nega nogironlar aravachasida qaytdi?

Yakubovich ta’tildan nega nogironlar aravachasida qaytdi?

Foto: «EKSPRESS GAZETA»

Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovichning vakili nega u Chernogoriyaga qilgan ta’tilidan nogironlar aravachasida qaytganini izohladi. Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«REGNUM»ning yozishicha, OAVda Chernogoriyaning Tivat shahar aeroportida Yakubovich nogironlar aravachasida olib ketilayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan.

Teleboshlovchi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yakubovich ta’tilni Chernogoriyada o‘tkazgan va u yerda tizzasini shikastlab olgan. Yurganda ahvol yomonlashmasligi uchun nogironlar aravachasidan foydalanishga qaror qilgan.

«Hech qanday qo‘rqinchli hodisa yuz bergani yo‘q. Shunchaki hamma kabi basseynda tizzasini shikastlab olgan. Sinmadimikin deb xavotirlangandik, o‘sha joyning o‘zida rentgen qilishning iloji bo‘lmadi, shu bois ehtiyot chorasini ko‘rishga qaror qildik», — deydi Yakubovichning vakili.

Moskvaga qaytgach teleboshlovchi tekshiruvdan o‘tgan. Rentgen qilingan, unga ko‘ra hech qanday sinish aniqlanmagan, lekin 74 yoshli teleboshlovchida kuchli gematoma qayd etilgan.

Hozir Yakubovich deyarli to‘liq tiklanib, «Mo‘’jizalar maydoni» («Pole chudes») ko‘rsatuvining yangi sonini suratga olishga hozirlik ko‘rmoqda. Ma’lumki, bu ko‘rsatuv 29 yildirki Rossiya televideniyasida namoyish etib kelinadi. Uni yurtimiz aholisi ham sevib tomosha qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring