Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijda bolalarga tarsaki tushirishni taqiqlash boshlandi

Xorijda bolalarga tarsaki tushirishni taqiqlash boshlandi

Foto: «Regnum»

Shotlandiya bolalarga tarsaki tushirish taqiqi kiritiladigan Qo‘shma Qirollik tarkibidagi birinchi hududga aylandi, deb xabar berdi «Daily Mail».

Qonun loyihasini regional parlamentda 84 kishi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 29 kishi qarshi chiqdi. Qonun Qirol sanksiyasidan so‘ng bir yil o‘tib kuchga kiradi.

Qonun loyihasini kiritgan Shotlandiya yashillar partiyasi a’zosi Jon Finnining ta’kidlashicha, bu qat’iy va dadil qadamlardan biri sanalib, bolalar ham xuddi kattalar kabi zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Buyuk Britaniyada ota-onalar intizom o‘rnatish maqsadida bolalarga tarsaki tushirishi mumkin, biroq maktablarda jismoniy jazolash bundan mustasno. Taqiq tomonning fikricha, bola o‘zini himoya qilolmaydigan qaltis vaziyatga tushib qoladi. Qarshilar esa, aksincha, ko‘pgina ota-onalar farzandlarini itoat qildirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini aytishmoqda.

Rossiyada Ural ombudsmeni tarsaki zo‘ravonlik emas, bolaning xatosiga ishora hisoblanadi, deya ta’kidlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring