Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda virusni ataylab tarqatganligi haqidagi xabar uchun 22 yoshli yigitcha hibsga olindi

Xitoyda virusni ataylab tarqatganligi haqidagi xabar uchun 22 yoshli yigitcha hibsga olindi

Foto: «REUTERS»

Pekin yaqinidagi Tunchjou tuman politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda odamlarga yangi koronavirusni ataylab yuqtirganligini yozib qoldirgan kishini hibsga oldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Tunchjou politsiyasiga aholidan g‘alati ariza kelib tushdi. Unga ko‘ra internet-foydalanuvchilaridan biri yangi tipdagi koronavirusni yuqtirgandan so‘ng atayin odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda bo‘lganini va boshqa odamlarga yuqtirishga uringanini yozib qoldirgan.

Politsiyaning aniqlashicha, xabar muallifi 22 yoshli yigitcha bo‘lib, yangi virusni yuqtirmagan, soppa-sog‘. Ko‘rsatma berayotganda u hazillashganini, shuning uchun yolg‘on xabar tarqatganini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda politsiya terrorizm haqida ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatish bilan bog‘liq jinoiy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilib yigitchani hibsga oldi, tergov davom etmoqda.

Politsiya epidemiya tarqalishiga qarshi kurash ketayotgan muhim bir pallada internetdan yolg‘on axborot, mish-mishlar tarqatish va vahima solishda foydalanayotganlarni qattiq jazolashi haqida ogohlantirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring