Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda qotil va sudxo‘rlar to‘da boshlig‘i qatl etildi

Xitoyda qotil va sudxo‘rlar to‘da boshlig‘i qatl etildi

Foto: «Iz.ru»

Ko‘plab jinoyatlarda, jumladan, qotillikda ayblangan jinoiy guruh boshlig‘i Du Shaopin Xitoyning markaziy qismlaridan biri bo‘lgan Xunan provinsiyasida qatl etildi, deya xabar berdi «Regnum».

Hukm 16-yanvar kuni XXR Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan va jinoyatchi qarindoshlari va yaqinlari bilan vidolashgan zahoti Xuayxua oraliq xalq sudi tomonidan ijro etilgan.

Tergov xulosalariga ko‘ra, Du 2001-yil dekabrda provinsiyaning Sinxua-Dun avtonom uyezdi Sinxuan shahrida joylashgan 1-sonli o‘rta maktab o‘yin maydonini qurish uchun shartnomani qo‘lga kiritadi. Bu loyihani amalga oshirish uchun soxtakor Lo Guanchjunni yollaydi.

Qurilish vaqtida Du qurilish jarayonini kuzatib yurgan maktab xodimlaridan biri Den Shipindan norozi bo‘ladi. 2003-yil 22-yanvarda Lo bilan birga uni o‘ldirishadi va maktab maydoniga ko‘mib tashlashadi.

2008-yildan beri Du boshchiligidagi o‘n uch kishidan iborat jinoiy guruh katta foiz evaziga bergan qarzlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan undirgan, fuqarolarni noqonuniy ozodlikdan mahrum qilgan va boshqa jinoyatlarni amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring