Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 77 mingdan oshib ketdi

Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 77 mingdan oshib ketdi

Foto: «Uk.movies.yahoo.com»

Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 77150 kishidan oshib ketdi, ulardan 2592 nafari hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 24734 nafari shifoxonadan tuzalib chiqishgan, deb yozadi «RIA Novosti».

«Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga 31 provinsiyadan 77150 ta koronavirusni yuqtirish holati, jumladan, ayni vaqtda 49824 kishi (9915 nafari og‘ir ahvolda) betobligi, 24734 kishi tuzalgani, 2592 kishi hayotdan ko‘z yumganligi haqida ma’lum kelib tushgan», — deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘tgan bir-kecha kunduzda mamlakatda 409 ta yangi yuqtirish holati, 1846 kishi shifoxonadan chiqarilgani, 150 kishi (Xubey provinsiyasida 149 ta, Xaynan provinsiyasida 1 ta) vafot etgani, yana 620 kishi koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinayotgani qayd etildi.

Ayni vaqtda Xitoyda jami 3434 kishi koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinmoqda. Qariyb 97 ming kishi bemorlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgani uchun tibbiy nazorat ostiga olingan.

Epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida bir kecha-kunduzda 398 ta yuqtirish holati (Uxan shahrida 348), 1439 kishi tuzalgani (Uxanda 772), 149 ta o‘lim holati (Uxanda 131) qayd etilgan. Epidemiya boshlangandan buyon provinsiyada jami 64 287 ta yuqtirish holati qayd etilgan. Taxminan 16,7 kishi sog‘aygan, yana 2495 kishi hayotdan ko‘z yumgan (Uxanda 1987). Ayni vaqtda 45054 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, ulardan 9430 nafari og‘ir ahvolda.

Gonkongda 112 kishi (ulardan ikki nafari hayotdan ko‘z yumdi, 12 kishi tuzaldi), Makaoda 10 kishi (6 nafari tuzaldi), Tayvanda 28 kishi (ulardan bittasi hayotdan ko‘z yumdi va 5 kishi tuzaldi) kasallikni yuqtirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring