Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda bu yil paxta hosili kamaydi

Xitoyda bu yil paxta hosili kamaydi

Foto: «Kapital.kz»

Xitoy 2019-yilda paxtadan (tola hisobida) 5,89 mln. tonna hosil oldi, mamlakat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilgidan 3,5 foizga kamdir, deya xabar bermoqda «Sinxua» axborot agentligi.

G‘o‘za maydonlari 0,5 foizga qisqarib, jami 3,34 mln. gektarni tashkil etgan, hosildorlik esa 3,1 foizga pasayib, gektaridan 1764 kg.ni tashkil etgan.

Xitoy paxtasining asosiy qismini Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani beradi: 2019-yilgi hosilning 84,9 foizi.

Paxta hosilining kamayishiga noqulay ob-havo (havoning issiq kelishi, do‘l yog‘ishi) sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun: Xitoy eng ko‘p paxta tolasini 2012-yilda yetishtirgan — 6,84 mln. tonna. Bu 1978-yilgidan 2,2 baravardan ko‘proq bo‘lib, to 2017-yilgacha pasayishda davom etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring