Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy 4-aprelni motam kuni deb e’lon qildi

Xitoy 4-aprelni motam kuni deb e’lon qildi

Foto:«Money Control»

Xitoy 4-aprel sanasini koronavirus qurbonlari sharafiga milliy motam kuni deb e’lon qildi.

Bu haqida «Money control» internet nashri xabar bergan.

4-aprelda butun Xitoyning chet el elchixonalari va konsulliklarida va boshqa joylarda davlat bayroqlari yarmigacha tushiriladi. Ta’kidlash kerakki, COVID-19 tufayli Xitoyda 3300 dan oshiq odam vafot etgan.

Soat 10:00 da butun mamlakat bo‘ylab xitoyliklar marhumlarni xotirlash uchun uch daqiqalik sukut saqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi tipdagi koronavirus 2019-yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan edi.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1 millionga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring