Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy va Yaponiyada zilzila. Qurbonlar va talafotlar bor

Xitoy va Yaponiyada zilzila. Qurbonlar va talafotlar bor

Xitoy.

Foto: «Euronews»

Xitoy. 17-iyun kuni Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan va Guychjou provinsiyalari chegarasida 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Tabiiy ofat oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ortiq inson jarohat olgan. Aksariyat odamlar uylarning bosib qolishidan halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Yaponiya. Foto: EPA/UPG

Yaponiya. Kecha, 18 iyun kuni Yapon dengizida ham kuchli zilzila qayd etildi. Mutaxassislar uning kuchini 6,8 ballga baholashdi.

Zilzila oqibatida dengizda paydo bo‘lgan to‘lqin Yaponiyagacha yetib keldi. So‘nggi ma’lumotlarda kamida 21 kishi jabrlangani aytilmoqda.

Yer silkinishi Yaponiyaning 13 prefekturasida sezilgan, ammo uning kuchini eng ko‘p Yamagata va Niigatada yashovchilar his etgan.

Yer silkinishi oqibatida bir necha ming uy elektr tokisiz qoldi. Zilzila o‘chog‘i Yamagata prefekturasi qirg‘oqlari yaqinida,  Yapon dengizi tubidagi 10 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.

Mamlakat meteorologiya milliy boshqarmasi yer silkinishlari yaqin haftalarda takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning kuchi hozirgisidan kam bo‘lmasligi taxmin qilinyapti. «Kyodo» agentligi yapon hukumatiga asoslanib xabar tarqatishicha, bundan tashqari, ko‘chki xavfi ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring