Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy savdo urushida AQShga yon bermoqchimi?

Xitoy savdo urushida AQShga yon bermoqchimi?

Foto: «Twitter»

«CNN Business»ning xabar berishicha, Xitoy AQShning faqat 10 dan ortiq tovarlariga import tariflaridan voz kechdi. Pekin AQSh-Xitoy savdo urushi boshlanganidan beri bunday imtiyozlarni birinchi marta e’lon qilmoqda.

Rasmiy Pekin 16 xil mahsulot: dengiz mahsulotlari, jumladan, baliq va qisqichbaqalar, saraton kasalligini davolash uchun dori-darmonlar va boshqalarga tarif imtiyozlarini joriy qildi. Xitoylik importchilar 12 ta mahsulotdan olinadigan tariflarni qaytarish uchun murojaat qilishlari mumkinligi aytilmoqda.

Bojdan ozod qilish 17-sentyabrdan boshlanadi va bir yil davom etadi. Bu haqda e’lon qilgan Xitoy Davlat kengashi tarif komissiyasi kelgusida bojlarni bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilaverishini va yangi ro‘yxatlarni e’lon qilish davom ettirilishini aytib o‘tdi.

Ekspertlarning fikricha, AQSh va Xitoy rasmiylari Vashingtonda yuzma-yuz muzokaralarni qayta boshlash uchun hamda dunyoning eng kuchli ikki iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyat yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bu harakatlarni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring