Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy prezidentini «masxaraboz»ga chiqargan tadbirkor 18 yilga qamaldi

Xitoy prezidentini «masxaraboz»ga chiqargan tadbirkor 18 yilga qamaldi

Foto: «Color China Photo / AP»

Xitoy raisi Si Szinpinning koronavirusga qarshi kurash haqidagi nutqini tanqid qilgani uchun davlat qurilish kompaniyasining sobiq top-menejeri Jen Chjitsyan 18 yilga «kesildi». Bu haqda Pekin sudi saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, sud Jenni egallab turgan lavozimidan foydalanib o‘g‘irlik qilganlikda hamda umumiy qiymati 19 million dollarga teng pora olganlikda aybdor deb topdi. 18 yillik qamoq jazosidan tashqari sud xitoylikka 620 ming dollar jarima ham soldi. Ma’lum qilinishicha, mahbus aybiga iqror bo‘lgan.

Jen 2020-yil 12-mart kuni g‘oyib bo‘lgan. Sal keyinroq uning hibsga olingani aniqlangan. Fevral oyida u o‘zining essesida Xitoy raisini koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha hukumatning harakatlariga bag‘ishlangan fevraldagi nutqi uchun masxaraboz deb atagan.

Ma’lumki, Jen Chjitsyan avval Xitoy Kommunistik partiyasining a’zosi bo‘lgan. Bundan tashqari, u davlat tomonidan nazorat qilinadigan «Huayuan Real Estate Group» qurilish kompaniyasining top-menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring