Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy jangovar uchar likopcha yaratdi

Xitoy jangovar uchar likopcha yaratdi

Foto: «Argumenti»

Xitoylik tinib-tinchimagur konstruktorlar bu mamlakatda xohlagan narsasini yasashi mumkinligini yana bir bor isbotlashdi: mashhur brendga tegishli krossovkadan tortib butun bir uchar likopchagacha. G‘ayrioddiy eksponat yirik «China Helicopter Exposition 2019» aviatsiya ko‘rgazmasida namoyish etildi. Bu haqda «KP» xabar berdi.

Uchar likopcha shakliga ko‘ra «diskolet» deb nomlanib, uchuvchi ob’yektga ega. Jangovar ixtironing fotosuratlari Alert 5 nomli foydalanuvchining tvitteriga joylandi.

«Diskolet» soatiga 650 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. To‘g‘ri, buni amalda ko‘rsatishmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday shakldagi mashina katta tezlikda uchish u yoqda tursin, havoga ko‘tarilishiga ham shubha bilan qarashmoqda.

Ufologlarga mashhur NUJ apparatlarini eslatuvchi uchar apparatni yaratishga turli mamlakatlar, jumladan, Yevropada ham urinib ko‘rishgan. Gitlerchilar Germaniyasi ham shunga o‘xshash mashinani yaratmoqchi bo‘lgan: faqat ularning «likopchasi» yerdan sal ko‘tarilolgan xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring