Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy hukumati mobil tarmoqlar uchun 6G standartini ishlab chiqishni buyurdi

Xitoy hukumati mobil tarmoqlar uchun 6G standartini ishlab chiqishni buyurdi

Foto: «Regnum»

Xitoy fan va texnologiyalar vazirligi keyingi avlod standarti bo‘lgan 6G ni tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘yicha ishchilar guruhini tashkil etishni buyurgan. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.

Xitoy fan va texnologiyalar vazirligi saytida yozilishicha, topshiriq Taraqqiyot va islohotlar vazirligi, Ta’lim vazirligi, Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi, Xitoy fan va atrof-muhitni boshqarish akademiyasi, mamlakatning fan jamg‘armasi qo‘mitasi ishtirok etgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Shu tariqa, ishchi guruh davlat departamenti vakillari, shuningdek, 37 ta universitet, tadqiqot institutlari va korxonalarning ekspertlaridan tashkil topadi.

Yig‘ilishda ekspertlar 6G standartini yaratish bo‘yicha eng istiqbolli g‘oyalar va yechimlarni taklif etishdi. Xitoy hukumati olimlar va ma’muriy choralar yordamida mobil aloqa sanoatining muhim texnologiyalarida katta yutuqlarga erishishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring