Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy AQShga qarshi ayrim sanksiyalarni kiritdi

Xitoy AQShga qarshi ayrim sanksiyalarni kiritdi

Foto: «Utro»

Xitoy AQShga qarshi ayrim sanksiyalarni kiritgani haqida «Vesti» xabar berdi.

Sanksiyalar Amerikaning nodavlat tashkilotlariga qarshi qaratilgan, xususan, Human Rights Watch tashkiloti ham ana shu ro‘yxatdan joy olgan.

Bularning cheklovga tushishiga Gonkongdagi ekstremizm va zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘ldi, deyiladi rasmiy Pekin bayonotida. Xitoy, shuningdek, Gonkongga harbiy kema va samolyotlarni kiritish borasidagi Vashington so‘rovini ko‘rib chiqishni ham to‘xtatgan.

Ilgari AQSh-Xitoy savdo bitimi borasidagi muzokaralar muzlatib qo‘yilgandi. Unga Donald Tramp Gonkongda demokratiya va inson huquqlari borasidagi qonunni imzolagani sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring