Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samolyotlar to‘qnashishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

Samolyotlar to‘qnashishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: «CNN»

Amerikaning Aydaxo shtatida ikkita yengil motorli samolyot to‘qnashib ketdi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi CNN.

Ker-d’Alen ko‘liga g‘arq bo‘lgan samolyotlardan faqat ikki kishining jasadi chiqarib olingan. Qolgan olti nafari bedarak ketgan deb hisoblanmoqda, biroq halok bo‘lgani aytilmoqda. Ular orasida kattalar ham, bolalar ham bo‘lgan. Lekin samolyotlar bortida aynan nechta voyaga yetmaganlar bo‘lganligi ma’lum qilinmagan.

Ta’kidlanishicha, havo kemalari gidrolokatorlar yordamida 40 metr chuqurlikdan topilgan. Yaqin ikki kun ichida ularni chiqarib olish kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring