Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vijdon amri bilan. Ruanda hokimlari yoppasiga iste’foga chiqmoqda

Vijdon amri bilan. Ruanda hokimlari yoppasiga iste’foga chiqmoqda

Foto: «Getty Images»

So‘nggi 24 soat ichida Afrikaning Ruanda mamlakatida to‘rt nafar mer va olti nafar mer o‘rinbosari iste’foga chiqdi, deb yozmoqda «Regnum» agentligi.

«VVS Great Lakes» xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bu tendensiya «Ruanda bo‘ylab tur» — an’anaviy yillik velopoygalar nomiga mengzalmoqda. Ya’ni bundan anglashiladiki, jurnalistlarning fikricha, mamlakatning barcha 30 viloyatini ushbu vasvasa chulg‘ab olishi mumkin.

Hokimlarning iste’fosini mamlakat ichki ishlar vaziri Anastasiya Shyaka «Twitter»da shunday izohladi: «Ular fuqarolarga bergan va’dalarini bajara olishmagan».

Ruandada hokimlar yoppasiga ishdan ketishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Masalan, 2014-yili yetti nafar mer sanoqli kunlar ichida ariza yozib lavozimidan ketgan, o‘tgan yili ham xuddi shu holat takrorlangandi — yetti nafar mer vijdon amriga bo‘ysunishni afzal ko‘rgandi.

Kuzatuvchilarning fikricha, agarda markaziy hukumat ularning ishidan qoniqmasa, amaldorlar «ketish»ga majbur.

To‘rt yil ilgari mamlakat prezidenti Pol Kagame aytgan gap diqqatga sazovor: «Agar yangi merlar harakatini qilmasa, ular iste’foga chiqadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring