Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avliyo Sofiyani muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Avliyo Sofiyani muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Foto: «Cnnturk.com»

Turkiya davlat kengashi (oliy ma’muriy sud) 1934-yilda Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda «CNN Turk» telekanali xabar bergan.

«Turkiya davlat kengashi 1934-yilda Avliyo Sofiyani muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi», — telekanalning ta’kidlashicha, endi Avliyo Sofiya masjid sifatida foydalanilishi mumkin.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on avvalroq Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomini o‘zgartirish, uni muzeydan masjidga aylantirish imkoniyatlari bo‘yicha davlat kengashi qarorini kutayotganini ma’lum qilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu davlat ibodatxonani masjidga aylantirib, uning maqomini o‘zgartirishga haqli, buning uchun boshqa davlatlarning fikri bilan hisoblashib o‘tirmasligini aytgandi.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi milodiy VI asrda imperator Yustinian buyrug‘iga binoan barpo etilib, 537-yil 27- dekabrda ochilgan. Turklar Konstantinopolni zabt etgach, Vizantiya imperiyasi qulagach, 1453-yilda ibodatxona masjidga aylantirilgan. Biroq 1935-yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk unga muzey maqomini bergan va YuNESKO butunjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring