Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailanddagi mashhur saroy pandemiyadan so‘ng ochilgan birinchi kuniyoq yonib kul bo‘ldi

Tailanddagi mashhur saroy pandemiyadan so‘ng ochilgan birinchi kuniyoq yonib kul bo‘ldi

Foto: «Thaipbsworld.com»

2000-yili Pattayyada tailandlik millioner-filantrop tomonidan barpo etilgan Ban Sukxavadi saroy muzeyi koronavirus pandemiyasi tufayli lokdaundan so‘ng ochilgan kuni ertalab majmuada kelib chiqqan yong‘in tufayli yonib ketdi, deya xabar berdi «Thai PBS» telekanali.

Yong‘in chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da budda diniy san’at buyumlari ekspozitsiyasi omborida boshlanib, tay an’anaviy arxitektura elementlari bilan Yevropa saroyi uslubida barpo etilgan uch qavatli muzeyning hamma tomoniga juda tez tarqalgan. 20 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jamoasi ikki yarim soat davomida yong‘inni o‘chirishgan. Yong‘in oqibatida binoning ichki qismi deyarli to‘liq yonib kul bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Yong‘in natijasida hech kim shikastlanmagan. Yong‘in paytida ichkarida bo‘lgan olti nafar odam alanga birinchi qavatdagi dahlizlarni qamrab olguncha binoni tark etishga ulgurgan. Telekanalning ma’lum qilishicha, yong‘in boshlangan paytda bino hali tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lmagan.

Ban Sukxavadi 2000-yilda tailandlik millioner, Tailandda tovuq go‘shti ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri «Saxa Farmz» prezidenti, doktor Pannya Chotitxevan tomonidan qurilgan. Kompaniya yuqori texnologik parranda fermalari tarmog‘iga ega bo‘lib, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tovuq go‘shti yetkazib beruvchi asosiy kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ban Sukxavadi saroy muzeyi 20 yil davomida mahalliy va chet ellik sayyohlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring