Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanmada ko‘chki oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Myanmada ko‘chki oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Foto: «News.myseldon.com»

Sinxua agentligi mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Myanmadagi nefrit koni hududida ko‘chki natijasida kamida 50 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar bedarak ketgan.

Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining ma’lum qilishicha, ko‘chki payshanba kuni ertalab mamlakat shimolidagi Kachin shtati Xpakan aholi yashaydigan hududda yuz bergan. Falokatga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Mahalliy ma’muriyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar voqea sodir bo‘lgan joyda 50 kishining jasadi topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring