Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yana yuzlab odamlarni chaqmoq urdi

Hindistonda yana yuzlab odamlarni chaqmoq urdi

Foto: «Moderator.az»

4-iyul kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining turli joylarida chaqmoq urishi natijasida 23 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «NDTV» telekanali.

Shtat bosh vaziri Yogi Adityanatx halok bo‘lganlarning oilasiga 400 ming rupiya (5,36 ming dollar) miqdorida kompensatsiya to‘lashga topshiriq berdi. Shuningdek, u rasmiylardan jabr ko‘rganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Juma kuni Uttar-Pradeshda chaqmoq urishidan 15 kishi halok bo‘lgandi. Shanba kuni Bixar shtatida yana 20 kishi yashin qurboni bo‘ldi, qariyb 40 dan ortiq odam jarohatlangan.

Jabr ko‘rganlarning aksariyati — fermerlar va dalalarda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilar. Ta’kidlanishicha, kuchli yomg‘ir yanada ko‘plab fermerlarning dalaga chiqishiga majbur qilgan. Ular guruch hosilini ko‘paytirish uchun musson mavsumidan imkon qadar foydalanib qolishga urinishadi. Lekin fermerlarning hammasi ham chaqmoq xavfini to‘g‘ri baholamaydi.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, may oyining o‘rtalaridan buyon Hindistonda 253 kishi chaqmoq zarbidan halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan. 90% o‘lim Uttar-Pradesh va Bixar shtatlarida qayd etilgan.

Har yili Hindistonda chaqmoq urishidan 2-3 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi. Biroq bu yil mintaqada momaqaldiroqlar ko‘p kuzatilmoqda. Favqulodda kuchli yomg‘irlar esa iyun uchun xos emas. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, yog‘ingarchiliklar Bixar shtatida 66%, Uttar-Pradesh shtatida 72% ga ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring