Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada fillar qirg‘ini — ikkita taxmin bor

Afrikada fillar qirg‘ini — ikkita taxmin bor

Foto: «Zen.yandex.lv»

Botsvana shimolida 350 ta fil halok bo‘ldi, deb yozadi «Moskva 24».

Jonivorlarning ommaviy qirilishiga nima sabab bo‘layotgani ma’lum emas. Bunga tajovuzkor patogen yoki zaharlanish sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Sibir yarasini yuqtirgan bo‘lishi mumkin degan taxmin o‘z tasdig‘ini topmadi.

Mutaxassislar 170 ta filning sirli o‘limidan xavotirlanayotgani haqida xabar bergandik.

Shundan so‘ng sirli o‘lim topayotgan fillarning soni kundan-kunga ko‘payib boravergan. Guvohlarning aytishicha, fillarning aksariyati suv bo‘ylarida halok bo‘lishmoqda. Ayrim jonivorlar yuztuban yiqilgani aytilmoqda. Bu fillarning juda tez jon bergan, degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring