Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uxan shahrini 5 million kishi tark etdi

Uxan shahrini 5 million kishi tark etdi

Foto: EPA/Vostock-photo

Koronavirus epidemiyasi sababli besh milliondan ortiq kishi Xitoyning Uxan shahrini tark etdi.

«Oy taqvimi bo‘yicha yangi yil bayrami va epidemiya tufayli 5 milliondan ortiq odam Uxandan chiqib ketdi», – dedi shahar hokimi. – «Shaharda 9 million kishi qoldi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilingan 2209 kishi saqlanmoqda, ularning 643 nafarida isitma kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekabr oyi oxirida Xitoy ma’murlari Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgandi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi – 2019-nCoV ekanligi aniqlangandi.

Ushbu virus bilan kasallanganlik holati Xitoydan tashqari Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada ham qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring