Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Usama ben Ladenning o‘g‘li o‘ldimi?

Usama ben Ladenning o‘g‘li o‘ldimi?

Foto: AR

AQSh razvedkasi Xamza ben Ladenning vafoti haqida ma’lumot oldi. Ammo hozircha bu ma’lumotni tasdiqlashning imkoni bo‘lgani yo‘q.

Usama ben Ladenning o‘g‘li qachon va qanday vafot etgani borasida hech narsa ma’lum emas. Shuningdek, bu hodisaga AQSh maxsus kuchlarining aralashuvi qanchalik bo‘lgani ham aytilmagan.

«Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti Xamza ben Ladenning oxirgi murojaatini 2018-yilda e’lon qilgan edi. U o‘shanda Saudiya Arabistoniga tahdid qilgan va mamlakat aholisini qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirgan edi.

AQSh hukumati fevral oyida Xamza ben Ladenning qayerdaligini aytib bergan odamga 1 million AQSh dollari miqdorida mukofot va’da qilgan edi. Tahminlarga ko‘ra u 1989-yilda tavallud topgan va otasi Usama ben Laden singari «Al-Qoida» rahbarligiga tayyorlanayotgandi.

Usama ben Laden 2011-yilda AQSh maxsus kuchlari tomonidan Pokistonning Abbotobod shahri yaqinidagi uyida o‘ldirilgan edi. Uning tanasi dengizga tashlab yuborilgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring