Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainalik shaxmatchi mag‘lubiyat alamidan raqibini o‘ldirib qo‘ydi

Ukrainalik shaxmatchi mag‘lubiyat alamidan raqibini o‘ldirib qo‘ydi

Foto: «Yandeks»

Lvovlik 33 yoshli yigit muntazam shaxmat o‘ynab turadigan pensionerni o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar berdi «Rambler».

Politsiya talqiniga ko‘ra, yigit keksa raqibining uyiga mehmonga keladi. 82 yoshli mezbon galdagi shaxmat partiyasida ham g‘alaba qozongach, ular janjallashib qolishadi. Mag‘lubiyatdan jahl otiga mingan mehmon bolg‘a bilan pensionerning boshiga bir necha marta tushiradi.

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari hodisa sabablarini o‘rganishmoqda.

Fevral oyida Viksa (Nijegorod oblasti) shahrida 20 yoshli texnikum talabasiga kompyuter o‘yinidagi navbat tufayli sherigini o‘ldirgani uchun hukm o‘qilgandi. Tergov xulosalariga ko‘ra, ikki yigit kompyuterdagi o‘yin tartibini kelisha olishmagan. Oqibatda mehmon mezbonga pichoq bilan hujum qilgan. Shundan so‘ng u qiymati 14 ming rublga teng asbob-uskunalarni o‘g‘irlab ketgan. Olgan jarohatlari natijasida 23 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan. Sud talabani to‘qqiz yilga ozodlikdan mahkum etgan. U jazoni qat’iy tartibli koloniyada o‘tamoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring