Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina mamlakatlarning «qizil» va «yashil» ro‘yxatini e’lon qildi — O‘zbekiston va Turkmaniston ham bor

Ukraina mamlakatlarning «qizil» va «yashil» ro‘yxatini e’lon qildi — O‘zbekiston va Turkmaniston ham bor

Foto: «Dpsu.gov.ua»

Ukrainada bugun, 1-avgustdan mamlakatlarning yangicha tasnifi kuchga kirdi: koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshi-yomonligiga qarab, mamlakatlar «qizil» va «yashil» zonalarga ajratildi. Ukrainaga kiruvchilar ushbu ro‘yxat asosida ajratish tartibiga o‘tkaziladi yoki koronavirus bo‘yicha test topshiradilar.

Ro‘yxatda 120 dan ortiq mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham bor.

«Qizil ro‘yxat»ga so‘nggi 14 kunda har 100 ming aholiga hisoblaganda koronavirus qayd etilishi holatlari Ukrainadagidan yuqori (yomon) mamlakatlar kiritildi. So‘nggi 14 kunda infeksiya yuqishi holatlari oldingi ikki haftadagidan 30 foizga yuqori mamlakatlar ham «qizil ro‘yxat»da.

Ukraina «yashil ro‘yxat»ga Shvetsiya, Portugaliya, Xorvatiya, Belarus, Buyuk Britaniya, Turkiya, Sloveniya, Misr, Italiya kabi mamlakatlarni qo‘shdi. Tojikiston ham «yashil»da.

Qirg‘iziston, AQSh, Xitoy, Vengriya, Gruziya, Germaniya, Chexiya, Polsha, Fransiya, Rossiya kabi mamlakatlar o‘rin olgan «qizil ro‘yxat»ga O‘zbekiston ham kiritilgani tushunarli. Ammo Turkmaniston nima uchun?!.

To‘liq ro‘yxat

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring