Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ukraina Bosh prokuraturasi» endi yo‘q — hammasi «ofis»da hal bo‘ladi

«Ukraina Bosh prokuraturasi» endi yo‘q — hammasi «ofis»da hal bo‘ladi

Foto: «Facebook»

Ukraina Bosh prokuraturasi faoliyati to‘xtatildi va Bosh prokuror ofisiga aylantirildi. Bu haqda «RIA Novosti» idoraning rasmiy saytiga asoslanib xabar berdi.

Nazorat organi faoliyatining qaytatdan tashkil etilishi doirasida nomi ham o‘zgartirildi.

Ta’kidlanishicha, Ukraina Bosh prokuraturasi «siyosiylashtirilgan, ta’sir doiralariga bo‘lingan» hamda «idoraviy urushlarga» yo‘naltirilgan idora edi. Uning faoliyati ukrain fuqarolarini aslo qoniqtirmagan: Razumkov ijtimoiy so‘rovnomalar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘ralganlarning 70 foizi prokuraturaga ishonmasligini bildirgan.

«Bosh prokuratura tizimida adolat manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga oligarxlar, siyosiy kuchlar va jamiyatdagi boshqa ta’sir kuchiga ega shaxslarga ishlagan yoki o‘z xizmat vakolatlaridan foydalanib boyishga ruju qo‘ygan prokurorlar joylashib olgan edi», — deyiladi idora saytida.

Islohotlar doirasida kadrlar qayta attestatsiyalandi va talabga javob bermagan prokurorlarning 55 foizi (!)ga javob berib yuborilgan.

Ukraina Bosh prokurori lavozimiga 2019-yilning avgustida Adliya vazirining sobiq o‘rinbosari, Ukraina prezidenti ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka kelgan. Ungacha UBPni Yuliya Timoshenko hukumatining sobiq TIV rahbari, «Pyotr Poroshenko bloki»ning sobiq yetakchisi Yuriy Lutsenko boshqargandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring