Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina 30 yil ichida qariyb 11 million kishi yo‘qotdi

Ukraina 30 yil ichida qariyb 11 million kishi yo‘qotdi

Foto:«Day.kyiv.ua»

2019-yilning dastlabki sakkiz oyida Ukraina aholisi 177 ming kishiga kamaydi. Bu haqda Ukraina davlat statistika xizmati xabar bermoqda.

1 sentyabr holatiga, mamlakatda 41,976 million inson istiqomat qilishayotgani aytilgan bo‘lsa, 2019 yil boshida bu ko‘rsatkich 42,153 millionni tashkil qilgan.

Vafot etganlar soni tug‘iluvchilardan ancha ko‘pligicha qolmoqda, 100 ta o‘lim holatiga 53 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelmoqda deya qo‘shimcha qilgan Departament matbuot xizmati.

Shuni ta’kidlash joizki, aholini baholashda Qrim, Sevastopol va Donbassning ayrim hududlari hisobga olinmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina aholisi 1991 yilda 52 millionni tashkil qilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring